O‘zbekistonlik hakamlar 3 noyabr kuni Argentina – Belgiya bahsida faoliyat olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi xabar berdi.
Rustam Lutfullin uchrashuvda bosh hakamlik qilsa, unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Akmal G‘iyosov yordam beradi.
Ma’lumot uchun, 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati 2025 yilning 3–27 noyabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston jamoasi 1 noyabr kuni Doha shahriga yo‘l oladi.