O‘zbekiston tarixida ilk bor tashqi turizm rekord darajaga yetdi — 2025 yil aprel oyidan boshlab O‘zbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy sayyohni qabul qilmoqda. Shu tariqa joriy yilning to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonga 8,6 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 112,5 foizga ko‘pdir.
Agar mamlakatlar kesimida qaralsa, 2025 yilda sayyohlar oqimi 2022 yilgi pandemiyadan keyingi davrga nisbatan quyidagicha oshgan: Buyuk Britaniyadan — 2,6 baravar, Qatardan — 6,2 baravar, AQShdan — 3 baravar, Fransiyadan — 2,9 baravar, Rossiyadan — 2,1 baravar, Vengriyadan — 3,3 baravar, Germaniyadan — 2,5 baravar, Polshada — 6,2 baravar. Shuningdek, 2025 yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajaga yetib, 3,6 milliard AQSh dollaridan ortib ketdi.
O‘zbekiston turizmining bu mislsiz yutuqlari Prezident SH.M. Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan chuqur islohotlar va mamlakatning turistik salohiyatini to‘liq ochishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlar samarasidir. Yetakchi xalqaro mediaplatformalar bilan faol hamkorlik, xorijda keng ko‘lamli road-showlar o‘tkazilishi, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish va xorijiy OAVlarda chiqayotgan maqolalar O‘zbekiston brendining global maydondagi nufuzini sezilarli darajada mustahkamladi.