Bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Navoiy xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan yuborilgan kuryerlik jo‘natmalari bojxona xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada bojxona nazoratidan yashirilgan va hujjatlarda ko‘rsatilmagan hamda sifatini kafolatlovchi xech qanday hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati qariyb 100 million so‘mlik sun’iy tishlar, tish plombalari va tish ildizi kanalini plombalovchi vositalar kabi bir qator tibbiy vositalar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.