Pavlodardan Toshkentga yo‘l olgan 1 000 tonna kartoshka Qozog‘istonning Sariog‘och stansiyasida 10 kundan ortiq qolib ketdi.
Harorat o‘zgarishi tufayli mahsulot muzlab, keyin esa erib, yaroqsiz holga kelgan.
Har bir vagonda 68 tonna kartoshka bo‘lgan. Tadbirkorlar ko‘rgan zarar millionlab tengeni tashkil etmoqda.