Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonga kelgan har bir sayyoh o‘rtacha qancha pul sarflashi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga kelgan har bir sayyoh o‘rtacha qancha pul sarflashi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan Xalqaro turizm investision forumi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mamlakat sayyohlik salohiyatiga oid statistik ma’lumotlar ham taqdim etildi.

2018 yilning o‘tgan 10 oyi davomida O‘zbekistonga kelgan xorijlik mehmonlar soni 4,4 million nafarni tashkil etgan. Butun 2017 yil davomida O‘zbekistonga 2,2 million xorijlik tashrif buyurgan.

O‘zbekistonda 18 mamlakat uchun viza rejimi, 50 mamlakatga kirish vizalarining soddalashtirilgan tartibi, 101 mamlakat uchun tranzit vizalari joriy qilingan.

«Yurtimizga kelgan har bir sayyoh o‘rtacha hisobda 617 dollar pul sarflaydi», — deb yozadi O‘zA.

 

Kiritildi: 18:07 17.11.2018. O'qildi: 1372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!