Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekistonga Janubiy Koreya granti evaziga 100 tez yordam avtomashinasi beriladi

O‘zbekistonga Janubiy Koreya granti evaziga 100 tez yordam avtomashinasi beriladi

Janubiy Koreyaning DK Consultants kompaniyasi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga 100 ta zamonaviy tez yordam avtomashinasi uchun 7 mln dollar grant ajratdi. Bu kelishuv O‘zbekiston delegasiyasining Janubiy Koreya safari davomida tuzilgan.

Texnika yetkazib berish 2026 yilning birinchi yarmida rejalashtirilgan va tez yordam xizmatini sezilarli darajada takomillashtiradi. Shuningdek, davlat-xususiy sherikchilik loyihalari, klinikalarni xorijiy investorlarga berish va yangi tibbiyot korpusi qurish masalalari ham muhokama qilindi.

Kiritildi: 22:36 15.01.2026. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!