Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonga Apple Pay, Google Pay kabi xalqaro to‘lov tizimlari kirib kelishiga to‘sqinlik qilayotgan qonun o‘zgartirilmoqda

O‘zbekistonga Apple Pay, Google Pay kabi xalqaro to‘lov tizimlari kirib kelishiga to‘sqinlik qilayotgan qonun o‘zgartirilmoqda

Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston hududida majburiy tarzda saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar turlarini aniq belgilash, shuningdek, ayrim ma’lumotlarni chet elda qayta ishlash va saqlash uchun xavfsizlik, xalqaro standartlarga rioya etish va vakolatli organ talablarini bajarish kabi shartlarni joriy etish belgilangan.

Ushbu o‘zgartirishlar orqali xalqaro to‘lov tizimlarini O‘zbekistonga jalb qilish, investisiya muhitini yanada yaxshilash, raqamli xizmatlar bozorini kengaytirish hamda fuqarolar va sayyohlar uchun zamonaviy to‘lov imkoniyatlari yaratiladi.

Ma’lumot uchun, 2025 yil noyabr oyida Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi davomida O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlari joriy etilishi ma’lum qilingan edi.

Kiritildi: Bugun 17:37. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!