Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistondan Xitoy, Rossiya va qo‘shni davlatlarga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistondan Xitoy, Rossiya va qo‘shni davlatlarga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonning turli hududlaridan Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya va Xitoyga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Trasport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, xalqaro tashuvlarda avtobus qatnovlari ulushini oshirish, yo‘lovchi tashish faoliyatini yanada rivojlantirish maqsad qilingan.

Yangi qatnovlar quyidagi xalqaro yo‘nalishlarda joriy etiladi:

Qozog‘istonga

  • Buxoro—Turkiston;
  • Urganch—Oqtov;
  • Farg‘ona—Olmaota (Tojikiston orqali).

Tojikistonga

  • Samarqand—Dushanbe;
  • Buxoro—Dushanbe.

Qirg‘izistonga

  • Andijon—O‘sh;
  • Andijon—Jalolobod;
  • Andijon—Arslanbob;
  • Kosonsoy—Jalolobod;
  • Buxoro—Bishkek.

Rossiyaga

  • Surxondaryo—Buxoro—Urganch—Nukus—Moskva;
  • Urganch—Nukus—Ufa;
  • Nukus—Krasnodar;
  • Toshkent—Ufa;
  • Toshkent—Krasnodar.

Xitoyga

  • Nukus—Urganch—Buxoro—Urumchi.

Muntazam xalqaro yo‘nalishlarda avtobus tashuvlarini amalga oshirish istagidagi tashuvchilar yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda paritet qatnovlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan xorijiy tashuvchilarni jalb qilgan holda vazirlikka murojaat qilishi mumkin

Shuningdek, boshqa muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlarida faoliyat yuritish istagidagi tashuvchilar xorijiy tashuvchilar bilan paritet asosida ishlashga kelishgan holda, vazirlikka o‘z takliflarini kiritishi mumkin.

Kiritildi: 09:48 09.01.2025. O'qildi: 407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!