Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistondagi aeroport, avtovokzal va avtostansiyalar nomlari davlat tili qoidalariga muvofiqlashtiriladi

O‘zbekistondagi aeroport, avtovokzal va avtostansiyalar nomlari davlat tili qoidalariga muvofiqlashtiriladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, Transport vazirligiga uch oy muddatda nomlarni davlat tili qoidalariga muvofiqlashtirish va hujjat, xaritalarda tegishli o‘zgartirishlarni kiritish topshirildi.

Shuningdek, vazirlik peshlavhalar hamda axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini ta’minlashi kerak.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston bo‘yicha jami 161 ta aeroport, avtovokzal va avtostansiyalar nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtiriladi, 21 tasiga esa yangi nom beriladi.

Kiritildi: Bugun 17:08. O'qildi: 316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!