Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar iqtisodiyotimizga har yili 1 milliard dollar zarar keltiradi

O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar iqtisodiyotimizga har yili 1 milliard dollar zarar keltiradi

O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar iqtisodiyotimizga har yili 1 milliard dollar zarar keltirishi hisob-kitob qilingan. Tez yordamdagi jami chaqiruvlarning to‘rtdan biri surunkali kasalliklari bor bemorlarga to‘g‘ri kelmoqda.

Masalan, Farg‘onadagi 12 ta mahallada o‘tkazilgan o‘rganishda har 10 nafar bemordan 8 nafari oilaviy shifokorni chetlab o‘tib, shifoxonaga yoki xususiy klinikaga borayotganini aytgan. Xorazmda esa bemorlar oilaviy shifokorni emas, tez yordamni afzal ko‘ryapti. Sodda qilib aytganda, tez yordam xuddi poliklinikadek bo‘lib qolgan.

Andijon, Namangan va Samarqand shahrida poliklinika shifokori kuniga 50-60 nafar bemorni qabul qilayapti. Bu hech qanday tibbiy standartlarga to‘g‘ri kelmaydi.

Buxoroda oilaviy shifokorlar profilaktika, skrining va davolash bilan shug‘ullanish o‘rniga bemorni shifoxonaga yo‘naltiruvchi “dispetcher” bo‘lib qolgani qayd etildi.

Bu masalalarni na sog‘liqni saqlash mas’ullari, na hokimlar o‘ylab ko‘rmagani qayd etildi.

Kiritildi: 14:16 07.05.2025. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!