Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda yoshlar uchun amaldagi imtiyozlar 11 tadan 25 taga ko‘paytiriladi

O‘zbekistonda yoshlar uchun amaldagi imtiyozlar 11 tadan 25 taga ko‘paytiriladi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev "Yoshlar kuni"ga bag‘ishlangan bayram tadbirida nutq so‘zlamoqda.

Davlatimiz rahbari dastlab Yangi O‘zbekistonning barcha yoshlarini bayram bilan tabrikladi.

“Albatta, sizlar bilan uchrashish, ko‘nglingizdagi ezgu orzu va rejalaringiz bilan o‘rtoqlashish, taklif va tashabbuslaringiz haqida eshitish menga doimo quvonch va g‘urur bag‘ishlaydi",-deydi O‘zbekiston yetakchisi.

— Hozirgina prezident va ijod maktablari o‘quvchilari, Yangi O‘zbekiston universiteti talabalari, yosh olim va ijodkorlar, dasturchilar, sportchilar va tadbirkorlar bilan gaplashib, bir narsaga qat’iy amin bo‘ldim. Bugungi yoshlarimizning salohiyati, dunyoqarashi, bildirgan taklif va tashabbuslari, mustaqil fikrlashi, kelajak va Vatan haqida, o‘zining jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati haqidagi qarashlari barcha ota-onalar, ustoz-murabbiylar qatorida meni ham cheksiz quvontiradi.

Davlat rahbari so‘zida davom etarkan, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratishga erishilganini, mahallalarda 9,5 ming nafar yoshlar yetakchilari o‘z faoliyatini boshlaganini, hozirga qadar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 700 mingdan ortiq yigit-qizlar muammolarini hal etishga 650 milliard so‘m yo‘naltirilganini ta’kidlaydi.

"18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning masalalarini hal etish maqsadida joriy qilingan “Yoshlar daftari” tizimi amalda ijobiy natijalar bermoqda. Lekin, shuni ham unutmaslik lozimki, yoshlarning dunyoqarashi, ularning muayyan bir kasbga bo‘lgan qiziqishi 14 yoshidan, ya’ni maktab davridanoq shakllanadi. Shu bois, bundan buyon 14-17 yosh oralig‘idagi 3 million nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga ham, “Yoshlar daftari”da ko‘zda tutilgan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish imkoniyati yaratiladi",-deydi prezident

Ma’lum qilinishicha, nazarda tutilgan amaldagi imtiyozlar 11 tadan 25 taga ko‘paytiriladi.

Ushbu daftarga kiritilgan zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganishi uchun har biriga oyiga 1 million 200 ming so‘mdan subsidiya beriladi.

Shuningdek, yoshlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun 6 oy davomida 300 ming so‘mdan pul to‘lanadi.

Ularga ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha:

  • mahalliy olimpiadalarda qatnashish xarajatlari uchun 1 million 200 ming so‘mdan;
  • nufuzli xalqaro olimpiadalar uchun – 12 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun yilda bir marotaba maktab formasi hamda o‘quv qurollarini sotib olish xarajatini davlat o‘z zimmasiga oladi.

Kiritildi: 22:17 30.06.2022. O'qildi: 2952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!