Yanvar oyidan iyul oyigacha O‘zbekistonda 92 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etilgan. Eng ko‘p o‘lim holatlari iyul oyida qayd etilgan.
2020 yil davomida iyul oyida nisbatan eng ko‘p, ya’ni 17396 ta o‘lim holati qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi O‘zAga statistik ma’lumotlarni taqdim etgan.
Yil boshidan iyul oyigacha, ya’ni, 6 oy davomida 92026 ta o‘lim hisobga olingan. Oylar kesimiga ko‘ra, yanvar oyida — 11036 nafar, fevral — 13693, mart — 12633, aprel — 11613, may — 11792, iyun — 13790, iyul — 17396 nafar vafot etganlar qayd qilingan.
6 oy davomida qayd etilgan o‘limlar soni 2019, 2018 yillardagi 6 oylik ko‘rsatkichga nisbatan ham yuqori bo‘lgan.
O‘zbekistonda 2018 yil 6 oy davomida 75,6 ming, 2019 yilda shuncha vaqt mobaynida 75,8 mingta o‘lim holati hisobga olingan.