Respublika tovar-xom ashyo birjasi “avtoraqam.uzex.uz” savdo tizimi orqali sotilgan avtomobil davlat raqamlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2024 yilning dastlabki uch oyida 212,2 milliard so‘mlik 52,6 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotilgan. Avtoraqamlarning sotuvi son va hajmi bo‘yicha 3,2 barobarga o‘sgan.
Fevral oxirlarida O‘zbekistonda 2023 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum bo‘lgandi. 29 yanvardan 4 fevral oralig‘ida 4 390 ta avtoraqamlar bo‘yicha auksion savdolar amalga oshirilgan bo‘lib, ularning jami summasi 18 milliard 793,6 million so‘mni tashkil etgan. Amalga oshgan bitimlarning 92 foiz ulushi jismoniy shaxslarga va 8 foiz ulushi yuridik shaxslarga to‘g‘ri kelgan.