O‘zbekistonda “moliyaviy piramidalar” ko‘rinishidagi turli firibgarlik sxemalaridan, shu jumladan, kripto aktivlardan foydalanish holatlari tez-tez uchramoqda. Bu haqda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, odatda kelib chiqishi chet ellarda bo‘lgan jinoiy guruhlar har xil elektron platformalar, saytlar va axborot tizimlarini tashkil qilish orqali noqonuniy boylik orttirish maqsadida aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish uchun O‘zbekiston bozoriga kirmoqda.
Bunday loyihalarning jozibadorligini oshirish va ko‘p sonli ishtirokchilarni jalb qilish uchun tarmoq marketingi deb nomlanuvchi usul va "Ponsi sxemasi" elementlaridan foydalaniladi.
“Ponsi sxemasi” moliyaviy piramidani tashkil etishning jinoiy sxemasi bo‘lib, u avvalgi investorlarning daromadlarini yangi investorlardan olingan mablag‘lar hisobidan to‘lashni nazarda tutadi. Avvaliga bu juda foyda keltiruvchi sxema bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo u odatda yangi investorlarning mablag‘lari oqimi eskilariga to‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmay qolgandan so‘ng buziladi”, - deyiladi xabarda.
Agentlik xabardorlik va hushyorlikni oshirish maqsadida bunday shubhali loyihalarning asosiy belgilarini ma’lum qildi:
Agentlik shubhali moliyaviy sxemalar asosida ish yuritayotgan ayrim kompaniyalarning faoliyati to‘g‘risida biron bir ma’lumot ega bo‘lganlardan qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishingizni so‘ragan.