Baland piyodalar o‘tish yo‘li deb nomlangan yangi yo‘l belgisi piyodalar oqimi yuqori bo‘lgan hududlar, maktablar, bolalar bog‘chasi, bolalar o‘yingohlari bor, cheklangan tezlik 30 km/s bo‘lgan hududlarga o‘rnatiladi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda yangi yo‘l belgisi joriy etiladi.
Hujjatda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 1 72-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga ilovaga muvofiq «Baland piyodalar o‘tish joylari» yo‘l belgisini hamda yo‘l yotiq chiziqlarini joriy qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilandi.
Shu bois endilikda shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarida, davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yo‘llarining yoritilgan hamda yuqori tezlik soatiga 30 kilometrgacha cheklov joriy qilingan uchastkalarida, turar joy dahalaridagi ko‘rinish cheklangan chorrahalarda, bolalar maydonchalari hamda ta’lim tashkilotlari oldidagi yo‘l uchastkalarida, ommaviy dam olish joylari, stadionlar, vokzallar, savdo markazlari va boshqa odam ko‘p to‘planadigan joylarda, ko‘chalarning 1.21. «Bolalar» yo‘l belgisi ta’siridagi qismlariga «Baland piyodalar o‘tish joylari» yo‘l belgisi hamda yo‘l yotiq chiziqlari o‘rnatiladi.
Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda, tahlillar asosida, 2025–2026 yillarda «Baland piyodalar o‘tish joylari» yo‘l belgisi hamda yo‘l yotiq chiziqlarini o‘rnatish zarur bo‘lgan joylar ro‘yxatini tasdiqlaydi.
Yo‘l belgisining ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: