Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda yangi harbiy institut tashkil etildi

A A A
O‘zbekistonda yangi harbiy institut tashkil etildi

O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikasiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofiser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu sohada harbiy-ilmiy tadqiqotlarni tashkillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekistondagi birinchi harbiy institut Mudofaa vazirligining davlat oliy harbiy ta’lim muassasasi bo‘lib, u oltita yo‘nalish bo‘yicha taktik bo‘g‘indagi ofiser kadrlarni ikki yillik tayyorlashni amalga oshiradi:

Aloqa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;

Maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;

Axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;

Radioelektron razvedka va kurash taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;

Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;

Havo hujumidan mudofaa zenit-raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi.

Shuningdek, yangi tashkil etilgan harbiy institut Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnoma bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Kiritildi: 14:55 24.01.2019. O'qildi: 2924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!