Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda xorijiy tijorat tashkilotlari korxonalarini akkreditasiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

A A A
O‘zbekistonda xorijiy tijorat tashkilotlari korxonalarini akkreditasiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditasiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditasiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda:

O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditasiya qilish bo‘yicha vakolatli davlat organining huquq va majburiyatlari;

xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditasiya qilish tartibi;

xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarining xorijiy xodimlarini akkreditasiya qilish tartibi;

xorijiy tijorat tanshilotlarining vakolatxonlari faoliyatini tashkil etish va tugatish tartibi belgilab berilgan.

Ikki oy muddatda murojaat qiluvchilar uchun davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali akkreditasiya qilish, shu jumladan, portalda elektron raqamli imzosiz chet tilida ariza qoldirish imkoniyati yaratiladi.

Kiritildi: 10:28 09.02.2024. O'qildi: 921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!