Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda xorij investisiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 5 yilda 1,3 barobarga oshdi

O‘zbekistonda xorij investisiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 5 yilda 1,3 barobarga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda chet el sarmoyasi ishtirokidagi qo‘shma va xorijiy korxonalar soni 1,3 barobarga o‘sgan. Bu ko‘rsatkich mamlakatda investision muhit yaxshilanib borayotganini tasdiqlaydi.

2025 yil 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida 4043 ta qo‘shma va 11 ming 964 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda.

Oxirgi besh yil ichida bu turdagi korxonalar soni 1,3 barobarga ko‘paygan. Aniqroq aytganda, 2021 yilda 5848 ta qo‘shma va 6639 ta xorijiy korxona mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilda ular mos ravishda 4043 va 11 ming 964 taga yetgan. Bu esa xorijiy investorlar tobora ko‘proq alohida korxona sifatida ish boshlayotganini ko‘rsatadi.

2022 yilda 6117 ta qo‘shma va 7760 ta xorijiy korxona qayd etilgan bo‘lsa, 2023 yilda qo‘shma korxonalar soni 5057 taga, xorijiy korxonalar esa 7932 taga yetgan. 2024 yilga kelib esa qo‘shma korxonalar soni 4627 taga qisqargan, ammo xorijiylar soni 9851 taga yetgan.

Shu bilan birga, bu dinamika O‘zbekistonda sarmoyalar oqimidagi tizimli o‘zgarishni anglatadi — qo‘shma emas, mustaqil xorijiy bizneslar soni ortib borayotgani kuzatilmoqda. Bu esa xorijiy tadbirkorlarning mahalliy sheriklarsiz ham mustaqil ravishda ish boshlash imkoniyatlari kengayib borayotganidan dalolat beradi.

Xususan, 2025 yilda xorijiy korxonalar ulushi umumiy ko‘rsatkichning 75 foizidan oshib ketgan.

Kiritildi: 17:22 12.06.2025. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!