Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Namozov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Namozov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda va bastakor Ravshan Namozov 61 yoshida vafot etdi.

Ravshan Namozov 1961 yilning 10 iyulida Termizda tug‘ilgan. O‘sha yerda musiqa bilim yurtini tamomlab, otasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurahmon Namozov hamda Shokir Mahmudovlardan saboq olgan.

U 1985 yil Germaniya o‘tkazilgan “Yoshlar festivalida” va 1989 yili Olmaota shahrida tashkil etilgan “Osiyo ovozi” ko‘rik tanlovida Grand-Prini qo‘lga kiritgan.

Ravshan Namozov o‘zining musiqiy faoliyatini 1989 yilda tashkil etilgan “Qars” guruhida boshlagan. 1991 yildan buyon u yakkaxon xonanda sifatida ijod qilgan. 1993 yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.

Xonanda o‘zining “Chipradalli”, “Kovushim”, “Yor-yor yoron-ey”, “Biyo-biyo”, “Xayol” kabi qo‘shiqlari bilan muxlislar ko‘nglidan joy olgan.

Kiritildi: 10:28 24.09.2022. O'qildi: 5797 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!