Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev olamdan o‘tdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev olamdan o‘tdi

O‘zbek dublyajining eng yorqin vakillaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev 64 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda «Daryo»ga «O‘zbekkino» Milliy agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Taniqli kino, teatr va dublyaj aktyori 1956 yilda Buxoroda tug‘ilgan. 1973—1977 yillarda Toshkent davlat San’at institutida tahsil olgan.

1976 yilda Abror Hidoyatov teatrida ish boshlagan. 1987 yildan Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik teatrida faoliyatini boshlagan.

Aktyor shoir Azim Suyunning «Sarbadorlar» asarida Abu Bakr Kalaviy, Abdulla Oripovning «Sohibqiron» asarida Xoja Ahmad Yassaviy, Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» spektaklida Solih mahdum, Ibrohim Sodiqovning «Afandining besh xotini» spektaklida Afandi, Hayitmat Rasulning «Piri koinot» spektaklida Ahmad Farg‘oniy, Shekspirning «Qirol Lir» asarida graf Gloster, Aleksandr Kosanoning «Etti faryod» spektaklida Sabalo kabi o‘nlab rang-barang rollarni ijro etgan.

Og‘ir xastalik tufayli teatrdan ketishga majbur bo‘lgan. Ammo ijoddan to‘xtamay, turli tele va radioloyihalarda muntazam ishtirok etgan.

G‘aybulla Hojiyev «Uqubat», «Shabbona», «Umid», «Oqpadar» kabi ko‘plab filmlarda turli rollarni ijro etgan. Aktyor «Shaytanat» teleserialida Ahmadbey rolini o‘ynagan.

G‘aybulla Hojiyev dublyaj sohasida ham samarali mehnat qilgan bo‘lib, aktyor ovoz bergan qahramonlar xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan.

Kiritildi: 11:03 26.02.2020. O'qildi: 3576 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!