Bugun 20 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda UzCard ishlamay qolganidan ko‘rilgan zarar miqdori ma’lum qilindi

A A A
O‘zbekistonda UzCard ishlamay qolganidan ko‘rilgan zarar miqdori ma’lum qilindi

Sentyabrda UzCard to‘lov tizimida uch kun davom etgan nosozlik sababli O‘zbekiston davlat byudjetiga 27 dan 30 milliard so‘mgacha miqdordagi mablag‘lar kelib tushmadi. Bu haqda iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

«Bir kunlik aylanma [UzCard to‘lov tizimi orqali to‘lovlar] taxminan 180 milliard so‘mni tashkil etadi. Agarda ushbu mablag‘ning 5 foizi byudjetga to‘lansa, bir kunda kelib tushmagan mablag‘ 9 milliard so‘mni tashkil etadi. Uch kun ichida esa byudjetga 27-30 milliard so‘m kelib tushmadi. Bu oddiy arifmetika», – dedi u.

Mubin Mirzayevning qo‘shimcha qilishicha, bu faqatgina to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rilgan zarar. «Odamlarning moddiy va ma’naviy zararlari bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Buni hisoblash murakkabroq».

Kiritildi: 10:35 26.10.2018. O'qildi: 1271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!