Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda o‘tgan yili qancha shisha chiqindilari qayta ishlanganini bilasizmi?

O‘zbekistonda o‘tgan yili qancha shisha chiqindilari qayta ishlanganini bilasizmi?

Shisha chiqindilarni qayta ishlash orqali atrof-muhitni muhofaza qilish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish mumkin.

Shuningdek, shisha chiqindilar salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qayta ishlanmoqda. Bu esa o‘z navbatida chiqindilarni va ularning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish hamda resurslardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yurtimizda yiliga 408 ming tonnani shisha chiqindi hosil bo‘ladi. Bu chiqindilar qattiq maishiy chiqindilarning (10,2 mln tonna) morfologik tarkibidan 4 foizini tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, 2024 yilda respublikamizda 14 ta korxona tomonidan 37,3 ming tonna shisha chiqindilar qayta ishlangan (ushbu turdagi chiqindilarning 9 foizi).

Shisha chiqindilarga eski stakanlar, shisha idishlar, oynalar va boshqa shisha mahsulotlari kiradi. Shisha tabiatan qayta ishlanishi oson materiallardan biri hisoblanadi, chunki u juda uzoq vaqt davomida degradasiyaga (chirib yo‘q bo‘lish holati) uchramaydi. Shisha chiqindilar yig‘ilganda atrof-muhitga zarar yetkazishi bilan bir qatorda, 1000 yildan ortiq vaqt davomida yerda parchalanmasdan qoladi.

Shisha chiqindilarni qayta ishlash jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

Ajratish: shisha chiqindilar boshqa chiqindilardan ajratiladi.

Yuvish: shisha mahsulotlari yuvilib, tozalanganidan keyin qayta ishlashga tayyorlanadi.

Boshqa materiallar bilan aralashtirish: shishani qayta ishlash uchun boshqa xomashyo (masalan, yangi qum) bilan aralashtiriladi.

Qayta eritish: shisha eritilib, yangi shakllar (yangi shisha idishlar yoki qurilish materiallari) yaratiladi.

Kiritildi: 18:22 17.01.2025. O'qildi: 1176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!