Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchi “Borussiya”ga qanday borib qolganini aytdi

O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchi “Borussiya”ga qanday borib qolganini aytdi

Dortmundning “Borussiya” jamoasi kuni kecha Valdemar Antonni o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qilgan edi.

Valdemar 1996 yili O‘zbekistonda tug‘ilgan va bolaligida oilasi bilan Germaniyaga ko‘chib ketgan. Bu yildan u Germaniya terma jamoasiga muntazam jalb qilinmoqda.

Himoyachining o‘zi “Borussiya” varianti qanday paydo bo‘lganini aytdi.

- Men “Signal Iduna Park” stadionidagi bo‘lajak ilk uchrashuvimni, muxlislar va yangi jamoadoshlarim bilan ko‘rishishni intizorlik bilan kutyapman.

Boshida menda jamoani o‘zgartirish rejasi yo‘q edi. Lekin Dortmundning “Borussiya” jamoasidan taklif bo‘ldi. Bu Chempionlar ligasi finaliga chiqqan kuchli jamoa. Bu klubning qanday potensialga ega ekanini ko‘rsatadi.

“Borussiya”da avval boshdan ular meni haqiqatan o‘z saflariga qo‘shmoqchi ekanini, men jamoada muhim rol o‘ynashim kerakligini va mas’uliyatni zimmamga olishim kerakligini ko‘rsatishdi, - dedi Valdemar Anton.

Anton “Gannover” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2020 yili “Shtutgart” safiga qo‘shilgan himoyachi o‘tgan mavsumda Bundesliga vise chempioni bo‘ldi. Dortmundliklar uning transferi uchun 22,5 million yevro to‘ladi.

Kiritildi: 19:35 10.07.2024. O'qildi: 1588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!