Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda tibbiyot bo‘yicha 59 ta kollej hamda 16 ta texnikum ochiladi

O‘zbekistonda tibbiyot bo‘yicha 59 ta kollej hamda 16 ta texnikum ochiladi

2019 yil 6 sentyabr kuni Prezidentimiz tomonidan “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizda yangi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Farmonga asosan, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalariga Xalqaro tasniflagich bo‘yicha asosiy ta’lim dasturlaridan tashqari quyi darajadagi ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash huquqi berildi. Unga ko‘ra, tizimda mos ravishda boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi.

Ushbu Farmondan kelib chiqqan holda ayni paytda sog‘liqni saqlash tizimidagi 78 ta tibbiyot kollejlari negizida o‘rta professional ta’lim bosqichida – 59 ta kollej, o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida – 16 ta texnikum joriy etilishi belgilandi. Qolgan uchta kollej esa tugatiladi.

O‘rta professional ta’limga yo‘naltirilgan 59 ta kollejda kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi ta’lim shaklida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

O‘rta maxsus professional ta’lim bosqichidagi 16 ta texnikumda esa kadrlar tayyorlash kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi ta’lim shaklida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida tayyorlanadi.

Quvonarlisi, ushbu texnikumlarda o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Tibbiyot yo‘nalishida 2020/2021 o‘quv yilida tashkil etiladigan texnikumlar ro‘yxati quyidagi tartibda bo‘ladi:

1-Respublika tibbiyot kolleji, Siyob tibbiyot kolleji, Nukus-1 tibbiyot kolleji, Denov tibbiyot kolleji hamda 2-Marg‘ilon tibbiyot kollejlari Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida;

2-Respublika tibbiyot kolleji, Shahrisabz tibbiyot kolleji, Namangan-1 tibbiyot kollejlari Pediatriya tibbiyot instituti huzurida;

Qarshi tibbiyot kolleji va Urganch tibbiyot kolleji Stomatologiya instituti huzurida;

Buxoro tibbiyot kolleji va Qorako‘l tibbiyot kollejlari Buxoro tibbiyot instituti huzurida:

Samarqand tayanch tibbiyot kolleji va Urgut tibbiyot kolleji Samarqand tibbiyot instituti huzurida;

Andijon tibbiyot kolleji va Bo‘z tibbiyot kollejlari Andijon tibbiyot instituti huzurida texnikum sifatida qayta tashkil etiladi.

Kiritildi: 18:14 09.09.2019. O'qildi: 20574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!