O‘zbekiston musulmonlari idorasi 28 fevraldan hududlarda tarovih namozining boshlanish vaqtlarini e’lon qildi.
Mamlakatning 14 ta hududidagi masjidlarda tarovih namozining boshlanish vaqtlari:
Tarovih namozi xufton namozidan so‘ng boshlanadi. Toshkent shahar IIBB ushbu namoz o‘qilishi munosabati bilan poytaxtning vaqtincha yopiladigan ko‘chalari ro‘yxatini e’lon qilgandi.
O‘zbekistonda ramazon oyi 1 mart, shanba kuni boshlanadi. Prezident qaroriga ko‘ra, ushbu oyda ehtiyojmandlar hamda ilm-ma’rifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga, atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekishga hamda ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor beriladi.