Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 707,3 ming nafarni tashkil etgan.
Ushbu ko‘rsatkichni 2015/2016 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 443,4 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.
Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni yillar kesimida quyidagicha:
— 2015/2016 o‘quv yili boshiga - 263,9 ming nafar;
— 2016/2017 o‘quv yili boshiga - 267,9 ming nafar;
— 2017/2018 o‘quv yili boshiga - 287,5 ming nafar;
— 2018/2019 o‘quv yili boshiga - 313 ming nafar;
— 2019/2020 o‘quv yili boshiga - 360,1 ming nafar;
— 2020/2021 o‘quv yili boshiga - 441,8 ming nafar;
— 2021/2022 o‘quv yili boshiga - 553,9 ming nafar;
— 2022/2023 o‘quv yili boshiga - 622,6 ming nafar;
— 2023/2024 o‘quv yili boshiga - 661,8 ming nafar;
— 2024/2025 o‘quv yili boshiga - 707,3 ming nafarni tashkil etgan.