Eron qurolli kuchlari Isroildagi havo bazalariga zarbalar berdi.
Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotiga tayanib, Fars axborot agentligi xabar berdi.
"Yangi keng miqyosli raketa operasiyasining maqsadi dushman samolyotlari mamlakatimizga hujum qilish uchun havoga ko‘tariladigan Isroil havo bazalari bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.