Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda sayyohlar oqimi keskin oshdi: 2 oyda mamlakatga 1,77 mln mehmon keldi

O‘zbekistonda sayyohlar oqimi keskin oshdi: 2 oyda mamlakatga 1,77 mln mehmon keldi

2026 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga qariyb 1,77 million nafar xorijiy sayyoh kelgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan mehmonlar soni 441 ming kishiga yoki 33 foizga oshgan.

Sayyohlarning asosiy oqimini an’anaviy tarzda qo‘shni mamlakatlar ta’minlamoqda. Tashriflar soni bo‘yicha Qirg‘iziston yetakchilik qildi — 521 mingdan ortiq kishi. Keyingi o‘rinlarni Tojikiston (469 ming) va Qozog‘iston (386 ming) egalladi.

Sayyohlar soni bo‘yicha kuchli o‘ntalikka, shuningdek, Rossiya (123 ming), Afg‘oniston (83 ming), Turkmaniston (51 ming), Xitoy (49 ming), Turkiya (24 ming), Hindiston (9 ming) va Janubiy Koreya (5 ming) kirdi.

Kiritildi: Bugun 16:39. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!