Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli stadion qurilmoqda

Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli stadion qurilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida barpo etilayotgan zamonaviy futbol stadioni qurilishi bilan tanishdi.

Loyihaga ko‘ra, stadion 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, u xalqaro standartlarga javob beradigan yirik sport inshootlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Majmua zamonaviy infratuzilma, qulay o‘rindiqlar, media va VIP hududlar, shuningdek muxlislar uchun barcha sharoitlar bilan jihozlanadi.

Qurilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu stadion nafaqat yirik futbol uchrashuvlarini, balki xalqaro musobaqalar va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish imkonini beradi.

Yangi sport majmuasi mamlakatda futbolni rivojlantirish, yoshlarni sportga jalb etish va O‘zbekistonning xalqaro sport maydonidagi nufuzini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 20:32. O'qildi: 437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!