Bugun 22 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston milliy terma jamoasining mart oyidagi yig‘inini jarohat sabab 8 nafar futbolchi o‘tkazib yuboradi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining mart oyidagi yig‘inini jarohat sabab 8 nafar futbolchi o‘tkazib yuboradi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 22 martdan Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlaydi. Fabio Kannavaro FIFA Series uchun jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilganidan xabaringiz bor.

Kengaytirilgan ro‘yxatdan o‘rin olgan futbolchilarimiz — Jaloliddin Masharipov, Husniddin Aliqulov, Abbosbek Fayzullayev, Dilshod Komilov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Abdulla Abdullayev, Alibek Davronov va Husayn Norchayev jarohati tufayli yig‘inni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Milliy Jamoa FIFA Series doirasida 27 mart kuni Gabon, 30 mart kuni esa Venesuelaga qarshi maydonga tushadi. O‘yinlar “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da start oladi.

Kiritildi: 21:42 21.03.2026. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!