Bugun 21 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Turkiyaning Hatay viloyati delegasiyasining O‘zbekistonga tashrifi Andijon viloyatidan boshlandi

Turkiyaning Hatay viloyati delegasiyasining O‘zbekistonga tashrifi Andijon viloyatidan boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 29 yanvar kuni Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida Hatay viloyatining Arsuz tumanida “O‘zbekiston” turar joy majmuasining ochilish marosimida Hatay aholisi vakillarini Navro‘z bayramida O‘zbekistonga 5 kunlik safarga taklif etib, Andijon-Samarqand-Buxoro-Xiva yo‘nalishi bo‘ylab sayohat tashkil etish taklifi bildirilgan.

Joriy yilning 20 mart kuni Turkiyaning Hatay viloyati va tumani hokimlari boshchiligidagi jami 170 nafarga yaqin kishidan iborat delegasiya Andijon xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Tadjiyev hamda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari I.Ismanov tomonidan karnay-surnay sadolari ostida milliy kuy va raqslar bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Tashrif dasturi doirasida mehmonlar Andijon shahrida hududning madaniyati, tarixi va urf-odatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida “Bog‘i Bobur” madaniyat va istirohat bog‘i va “Registon” maydoniga tashriflari rejalashtirilgan.

Shundan so‘ng, mehmonlar maroqli dam olishi uchun “Bobur shahriga tashrif” Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan bayram sayliga tashrif uyushtiriladi.

Dastur yakunida Andijon viloyati hokimligi nomidan rasmiy qabul va uning doirasida milliy kuy-qo‘shiqlar bilan boyitilgan madaniy konsert dasturi tashkil etiladi.

Mazkur tashrif dasturi “O‘zbekiston 24” va “Andijon” viloyati telekanallari tomonidan keng targ‘ib etilmoqda.

Tashrif doirasida Turkiyaning Hatay viloyati delegasiyasi, shuningdek, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga tashrif buyuradilar.

Kiritildi: 22:06 20.03.2026. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!