Energetika vazirligi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bugungi kunda mamlakatimizda umumiy quvvati 4 119 MVt bo‘lgan 11 ta quyosh hamda 4 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.
Kecha, 6 iyul kuni holatiga ko‘ra, ushbu quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025 yilning o‘tgan davrida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 5 mlrd kVt⋅soatga yetdi.
Mazkur generasiyaning 3 mlrd 125,4 mln kVt⋅soatlik qismi quyosh elektr stansiyalari tomonidan, 1 mlrd 915,1 mln kVt⋅soatlik qismi esa shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarildi.
Qolaversa, joriy yil boshidan bugun, 7 iyul soat 08:00 ga qadar O‘zbekistondagi barcha gidroelektr stansiyalar va quyosh hamda shamol elektr stansiyalar tomonidan 8 mlrd 736,9 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu joriy yildagi jami generasiyaning 20,3 foizini tashkil qiladi.
Buning natijasida:
➖ 2 mlrd 647 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
➖ atmosferaga 3 mln 879 ming tonnadan ortiq zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.
Ma’lumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi 7 mln 280 mingta xonadonning olti oylik yoki 3 mln 640 mingta xonadonning bir yillik me’yoriy bazasini tashkil qiladi.