Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda qurilish sohasidagi qo‘pol qonun buzilishi bo‘yicha 179 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonda qurilish sohasidagi qo‘pol qonun buzilishi bo‘yicha 179 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qayd etilishicha, o‘rganishlar natijasida loyiha hujjatlariga asossiz kiritilgan qariyb 2,4 trillion so‘m mablag‘ maqbullashtirildi. Iqtisod qilingan mablag‘larni aholining dolzarb muammolarini hal qilish va qo‘shimcha ishlar bajarishga yo‘naltirish choralari ko‘rildi.

Ta’lim sohasi ob’ektlari qurilishi belgilangan hududlarda joylashgan 144 ta yaroqsiz bino-inshootlar to‘liq buzdirildi. Qurilishga to‘sqinlik qiluvchi 569 ta daraxtning ko‘chirish masalasi hal etildi.

Shuningdek, ob’ektlarda o‘tkazilgan monitoring tadbirlarida 338 ta holatda sifatsiz bajarilgan 25,5 milliard so‘mlik hamda 138 ta holatda hisobotlarga qo‘shib yozilgan 44,4 milliard so‘mlik ishlar bartaraf ettirildi.

“Umuman, sohada o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida noqonuniy hujjatlarni bekor qilish bo‘yicha 79 ta protest keltirildi, qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli idoralarga 360 ta taqdimnoma kiritildi, 1104 nafar shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilib, 1799 nafari rasman ogohlantirildi”, — dedi Bosh prokuratura mas’ul xodimi.

Aniqlangan qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 179 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, 90,1 milliard so‘mlik zarar undirilishi ta’minlandi hamda 9 823 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.

Kiritildi: 13:57 09.07.2024. O'qildi: 840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!