Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 104,9 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 14,5 foizga oshgan.
Statistikaga ko‘ra, mamlakatda qurilish sohasi so‘nggi yillarda barqaror o‘sishni namoyon etmoqda. Jumladan, qurilish ishlari hajmi 2022 yilning yanvar -may oylarida 45,8 trln so‘mni tashkil etgan.
2023 yilda bu ko‘rsatkich 52,2 trln so‘m, 2024 yilda 59,1 trln so‘m, 2025 yilda esa 87,5 trln so‘mga yetgan.
2026 yilda bajarilgan qurilish ishlari hajmi 104,9 trln so‘mga chiqib, so‘nggi besh yildagi eng yuqori natija qayd etildi.