O‘zbekiston «Qonun ustuvorligi» indeksida 140 davlat orasida 78-o‘rinni egalladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Mamlakatimiz Serbiya, Albaniya, Xitoy, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarni sakkizta ko‘rsatkich bo‘yicha ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Jumladan, «Davlat vakolatlarini cheklash», «Korrupsiyaning yo‘qligi», “Davlat institutlari faoliyatining ochiqligi (shaffofligi), «Asosiy huquqlarni himoya qilish», «Tartib va xavfsizlik», «Huquqni qo‘llash amaliyoti», «Fuqarolik prosessi va jinoyat prosessi».
Har yili «Qonun ustuvorligi indeksi» xalqaro nohukumat tashkiloti World Justice Project tomonidan 150 ming xonadon va to‘rt yuz ming advokat o‘rtasida so‘rov o‘tkazish orqali tuziladi. Qonuniylik darajasi ham baholanadi.
“Ushbu reytingda O‘zbekistonga berilgan baho mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatda ijobiy obro‘sini shakllantirishda muhim omil bo‘lmoqda, – dedi Oliy palata.
Joriy yilda mamlakatimizda barcha sakkiz ko‘rsatkich bo‘yicha yaxshilanish kuzatildi. Bunga mamlakatimizda ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan maqsadli ishlashning huquqiy va tashkiliy mexanizmlari yaratilgani ham yordam bermoqda.