Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda qaysi “inomarkalar” bozori chaqqon – reyting

A A A
O‘zbekistonda qaysi “inomarkalar” bozori chaqqon – reyting

“OLX Avto” portali so‘nggi uch oy davomida O‘zbekistonning turli hududlaridagi ommabop bo‘lgan “inomarkalar” reytingini tuzdi.

Statistikaga ko‘ra, Rossiyaning LADA (VAZ) rusumli mashinasi O‘zbekistonning barcha hududlaridagi ikkilamchi bozorda eng ko‘p xarid qilingan avtomobil bo‘lgan.

Portal reytingiga ko‘ra, GAZ, “Moskvich”, Mercedes Benz, Ford, Hyundai, Toyota va BMW ikkinchi va uchinchi o‘rinni o‘zaro bo‘lishib olgan.

Shu bilan birga Buxoro, Jizzax, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘onada xaridorlar Rossiyada ishlab chiqarilgan mashinalarni sotib olish ma’qul ko‘rishgan, Toshkentda esa Mercedes Benz va Toyota mashinalarining bozori chaqqon bo‘lgan.

Reyting 2019 yil iyun oyidan avgust oyigacha bo‘lgan oldi-sotdi shartnomalar asosida tuzilgan. Ushbu davrda jami 5911 dona avtobil sotilgan.

 

Kiritildi: 06:15 24.09.2019. O'qildi: 4060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!