Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirilishi mumkin

O‘zbekistonda qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirilishi mumkin

Senatning 10 iyuldagi yalpi majlisida “Huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi”gi qonun muhokama qilindi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni ma’muriy huquqbuzarlik toifasiga o‘tkazishni, yarashuv institutiga kiruvchi ma’muriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Senatorlarning ta’kidlashicha, mazkur qonun aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlashga, mamlakatimizda kriminogen vaziyatning yaxshilanishiga hamda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha yarashuv institutining ta’sir etish doirasini kengaytirishga xizmat qiladi.

Deputatlar ushbu qonun loyihasini 2024 yilning may oyida uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqib, qabul qilgandi.

Kiritildi: 10:36 11.07.2024. O'qildi: 1088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!