Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari "Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ma’qullab, Senatga yubordi.
Loyihada:
➖ yo‘llarni rejalashtirish mexanizmi joriy etiladi;
➖ aholi fikri va atrof-muhit omillari inobatga olinadi;
➖ piyodalar uchun to‘siqsiz muhit yaratiladi;
➖ kommunikasiya ishlaridan so‘ng yo‘lni tiklash xarajatlari qoplanadi;
➖ og‘ir transport harakati tartibga solinadi;
➖ xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini joylashtirish talablari belgilanadi.
Qonun bilan pulli yo‘llar tarmog‘ini yaratishga huquqiy asos beriladi. Pulli yo‘llar faqat muqobil bepul yo‘l mavjud bo‘lgan holda quriladi va to‘lov miqdori iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlashi kerak.