O‘zbekistonda 2023/2024-o‘quv yili davomida umumta’lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan edi. Ayrim xalqaro sertifikatlar mazkur ro‘yxatdan olib tashlandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi holat yuzasidan bayonot berdi. Unga ko‘ra, vakolatli tashkilotlar tomonidan ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlarni o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlangan:
Shunday bo‘lsa-da, ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikat egalarining 1 avgustga qadar olgan sertifikatlari uchun sertifikat yakuniga yetish muddatiga qadar ustama to‘lovlari to‘lab borilishi belgilandi. Shu bilan birga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq APTIS For Teachers, Linguaskill sertifikatlaridan yangi ishga qabul qilayotgan talabgorlarni ishga qabul qilish jarayonlarida foydalanilish imkoniyati saqlanib qolinmoqda.