O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi doirasida Toshkentda Ozarbayjonning Milliy Qahramoni Iskandar Aznaurov hayoti va bosib o‘tgan jangovar yo‘li haqida o‘zbek tilida “Vatan uchun jon fido qilgan qahramonlar” (“Vətən üçün can fəda edən qəhrəmanlar”) nomli kitob dunyo yuzini ko‘rdi.
Taniqli tadqiqotchi-jurnalist Mavlon Shukurzodaning izlanishlari natijasida yaratilgan nashrda birinchi Qorabog‘ urushida Ozarbayjon sarhadlari yaxlitligi uchun kurashda shahid bo‘lgan Milliy Qahramon Iskandar Aznaurovning hayot va jangovar xizmati haqida to‘xtalinadi.
Nashr milliy qahramonning oilasi, qarindoshlari, Armanistonning yaqin ittifoqchilari bilan birgalikda Ozarbayjon yerlariga tajovuzi, Birinchi Qorabog‘ urushi haqida keng ma’lumot beradi. Kitobda muallif arman dashnoqlari tomonidan alohida shafqatsizlik bilan sodir etilgan Xo‘jayli qirg‘ini, shuningdek, uning dahshatli oqibatlari haqida hikoya qiladi.
Shuningdek, kitobdan Iskandar Aznaurovning do‘stlari, oila a’zolari, safdoshlari, yaqinlarining u bilan bog‘liq xotiralari joy olgan.
Keng o‘qirmanda qiziqish uyg‘otadigan kitobda Milliy Qahramon Iskandar Aznaurov hayotining turli davrlarini aks ettiruvchi fotosuratlar, shuningdek, uning ota-onasi, farzandlari, do‘stlari va oilasining fotosuratlari mavjud.
Kitobning “So‘zboshi” muallifi O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosovdir. “So‘zboshi”da qayd etilishicha, 1988-1993 yillarda Armanistonning Ozarbayjon hududiga da’volari va tajovuzlari natijasida Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va suvereniteti buzilgan, mamlakat hududining yuzdan yigirma foizigacha Armaniston qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan, millionga yaqin yurtdoshlarimiz Ozarbayjon hududidan quvilgan. Ularning tug‘ilgan joylari, shahar va qishloqlarimiz vayron bo‘lib, vatandoshlarimiz etnik tozalashga duchor bo‘lishgan, ular qochqin va majburiy ko‘chmanchilarga aylanganlar.
Bu adolatsizlikni qabul qilmagan, Birinchi Qorabog‘ urushida Vatan ozodligi va daxlsizligi uchun kurashgan xalqimizning g‘ayratli, mard o‘g‘illari jon berdi. Ana shunday qahramonlardan biri Ozarbayjonning Milliy Qahramoni, axiska turklaridan bo‘lgan, O‘zbekistonning qadimiy Buxoro shahrida tug‘ilib, umrining ko‘p qismini O‘zbekistonda o‘tkazgan Iskandar Aznaurovdir.
Qadimgi ildizlarga ega uch qardosh turkiy xalq ‒ axiska, o‘zbek va ozarbayjon xalqlarining umumiy qahramon farzandi bo‘lgan Iskandar Aznaurov Ozarbayjonning Gadabay tumanida arman bosqinchilari bilan bo‘lgan janglarda, bosib olingan ko‘plab yerlarimizni ozod qilish paytida mardlik ko‘rsatgan hamda qahramonlarcha shahid bo‘lgan.
Nashrda urg‘ulanishicha, Iskandar Aznaurov kabi qahramon o‘g‘illarimiz boshlagan muqaddas kurashni tug‘ilgan, o‘sgan, shakllangan vatanparvar Ozarbayjon yoshlari davom ettirib, qat’iy Ozarbayjon armiyasining murosasiz kurashi, Oliy Bosh Qo‘mondon, Prezident Ilhom Aliyevning muvaffaqiyatli siyosati natijasida 30 yilga yaqin vaqt mobaynida bosib olingan Vatan tuproqlari ozod qilindi.
Ta’kidlash joizki, Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri, Ozarbayjon Respublikasining sobiq Prezidenti Haydar Aliyevning 1995 yil 15 yanvardagi farmoni bilan katta leytenant Iskandar Suhrob o‘g‘li Aznaurov vafotidan keyin “Ozarbayjon Milliy Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi.
Kitobda Ozarbayjonning Birinchi vise-prezidenti Mehribon xonim Aliyevaning fikri keltirilgan: “Bizning qahramon armiyamiz, qahramon yigitlarimiz bor. Ozarbayjon xalqi uchun har bir askarimiz qadrli va azizdir. Dunyodagi eng katta boylik hisoblangan jonini fido qilgan har bir farzandimiz Vatan nomi bilan Ozarbayjon tarixida qahramon bo‘lib yashaydi”.
“Vatan uchun jonini fido qilgan qahramonlar” kitobi yosh avlodda Vatanga sadoqat, xalqqa muhabbat, vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalaydigan nashr namunasi sifatida tavsiya etiladi.
Yaqin kunlarda kitobning O‘zbekiston va Ozarbayjonda taqdimotini o‘tkazish rejalashtirilgan.