Adabiyot gazetasi oylar nomini o‘zgartirish taklif qilingan maqola chop etdi.
Maqola muallifi Asror Mo‘minning fikricha, oylarning hozirgi nomlanishi milliy o‘ziga xoslikka mos emas. Jurnalistning ta’kidlashicha, oylar nomi milliy-vatanparvarlik xarakteriga ega bo‘lishi kerak.
Jurnalist oylar nomini quyidagicha o‘zgartirishni taklif qilgan:
- yanvar - Vatan;
- fevral - Navoiy;
- mart - Mirzo Ulug‘bek;
- aprel - Amir Temur;
- may Xorazmiy;
- iyun Zulfiya;
- iyul Buxoriy;
- avgust - Ibn Sino;
- sentyabr Beruniy;
- oktyabr Farg‘oniy;
- noyabr - Jaloliddin Manguberdi;
- dekabr - Avesto.
Manba: uz24.uz