Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda noqonuniy kontentni o‘chirish tartibi e’lon qilindi

O‘zbekistonda noqonuniy kontentni o‘chirish tartibi e’lon qilindi

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi noqonuniy kontent aniqlangandan keyin 24 soatda veb-sayt egasiga yoki onlayn-platforma foydalanuvchisiga yoki ommaviy hamjamiyat moderatoriga uni o‘chirish, tarqatishni to‘xtatish to‘g‘risida ko‘rsatma yuboradi.

Ko‘rsatma yuborilgan mas’ul unda ko‘rsatilgan noqonuniy kontentni o‘chirishga, tarqatilishini to‘xtatishga majbur va 12 soatdan kechiktirmay bu haqida vakolatli organni xabardor qilishi shart.

Veb-sayt egasi talablarni bajarmasa O‘zbekistonda ushbu veb-saytga kirishni cheklash choralari ko‘riladi.

Foydalanuvchi yoki ommaviy hamjamiyat moderatori talablarni bajarmasa, onlayn-platforma mulkdoriga noqonuniy kontentni o‘chirish, tarqatilishini to‘xtatish to‘g‘risida 24 soatda ko‘rib chiqilishi shart bo‘lgan taqdimnoma yuboradi.

Foydalanuvchi yoki moderator muntazam (yil davomida 3 martadan ortiq) noqonuniy kontentni o‘chirish, tarqatilishini to‘xtatishga oid ko‘rsatmani bajarmasa, uning akkaunti yoki ommaviy hamjamiyatning O‘zbekistondagi faoliyatini 6 oygacha to‘xtatish to‘g‘risida taqdimnoma yuboriladi.

Onlayn-platforma mulkdori kontentni o‘chirish yoki faoliyatni to‘xtatishga oid taqdimnomalarni qanoatlantirmasa, vakolatli organ 1 oyda mazkur talablar bilan sudga da’vo kiritishi mumkin.

Kiritildi: 23:32 20.05.2025. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!