O‘zbekistonda narkotik moddalar bilan bog‘liq uyushgan jinoyatchilik uchun 20 yilgacha jazo belgilanadi. Bu haqda bugun e’lon qilingan prezident farmonida aytib o‘tilgan.
Farmonga ko‘ra, IIV 2025 yil oxirigacha “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishi belgilangan.
Yangi qonunda narkojinoyatlarning yangi shakllari, usullari va uyushganlik darajasidan kelib chiqib, quyidagi qilmishlar uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilashni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlikni kiritiladi.
Undan tashqari Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzurida faoliyat ko‘rsatuvchi Respublika idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tuziladi.
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi qoshida mas’ul vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh shtabi tashkil etiladi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi Ichki ishlar vazirligi va boshqa idoralar bilan birgalikda 2026 yil 1 iyulga qadar Internet tarmog‘idaginarkodo‘konlarni hamda giyohvandlik vositalarini tarqatish holatlarini sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida aniqlash va bloklashga mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qilish choralarini ko‘radi.