2024 yil may oyidan hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 648 ming so‘mni tashkil etdi. (2024-yil yanvarda e’lon qilingan qiymat 621 ming so‘mni tashkil etgan).
Minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi.