Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda meva-sabzavotlar qayta ishlanib murabbo (djem) ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda meva-sabzavotlar qayta ishlanib murabbo (djem)  ishlab chiqariladi

Joriy yilning 29 may kuni Davlat Rahbari tomonidan Ozarbayjon Respublikasida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, xususan murabbo (djem) ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni o‘rganish, tajriba almashish hamda kelajakda ishlab chiqarishni amalga oshirish yuzasidan topshiriq berilgan.

Mazkur topshiriqni bajarish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati, “Agrobank” ATB Boshqaruv raisi hamda yurtimizning ushbu sohadagi 20 ga yaqin tadbirkorlari ayni vaqtda Ozarbayjon davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Xizmat safari doirasida Ozarbayjon tajribasini o‘rganish natijasida O‘zbekistonda meva-sabzavotlarni qayta ishlash, xususan murabbo (djem) tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

Kiritildi: 18:18 11.06.2024. O'qildi: 1636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!