2026 yil 11 mart kuni yurtimiz energetika tizimida mart oyi uchun elektr energiyasi iste’moli va yuklama bo‘yicha yangi rekord qayd etildi.
👨👩👧👦 Xususan, 11 mart kuni respublika bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli 267 mln kVt·soatni tashkil etib, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 14 mln kVt·soatga ko‘p bo‘ldi.
Shuningdek, kechki yuqori iste’mol soatlarida energetika tizimidagi eng katta yuklama soat 18:12 da 12 680 MVtga yetdi. Bu esa avvalgi mart oyi ko‘rsatkichidan 480 MVtga yuqori.
Bu kunda elektr stansiyalarda jami 272 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, ya’ni o‘tgan yil mart oyidagi ishlab chiqarishga nisbatan 12 mln kVt·soatga ko‘p.
♻️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasi oshib bormoqda.
Kun davomida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 20,9 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shundan:
🔌 quyosh va shamol elektr stansiyalari ulushi 14,3 foizni tashkil qildi.
Ayniqsa, kunduzgi soatlarda elektr energiyasi balansini ta’minlashda quyosh va shamol stansiyalarining hissasi 35 foizgacha yetdi.