🔍Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tahlillariga ko‘ra, 2024 yilning iyunida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni pasayib, jami 20,2 mingtani tashkil qildi.
📉 Agar may va aprelda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida sotuvlar o‘sgani kuzatilgan bo‘lsa, iyun oyida faollik 6,4 foizga pasaygani qayd etildi. May oyidagi jonlanish va o‘sishga qaramay, ijara bozori ham 1,2 foizga qisqardi.
📊Joriy yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha ko‘chmas mulk bozorida umumiy savdolar soni 5,7 foizga pasaydi. Ammo, hududiy kesimda vaziyat bir turli bo‘lmagan dinamika bilan xarakterlanadi, Andijon, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida faollikning oshgani qayd etilgan.
📊Iyunda ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida uy-joy narxlarining o‘sish sur’ati sekinlashdi. Biroq, o‘tgan yilning iyuniga nisbatan ikkilamchi bozorda narxlar deyarli 10 foizga oshdi.