Hukumatning joriy yil 30 iyuldagi 475-son qarori bilan «Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk ob’ekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk ob’ekti raqami ko‘rsatkichlarining shakli, o‘lchamlari hamda ularni tayyorlash va o‘rnatish tartibini belgilaydi.
Ko‘rsatkichning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga ajratiladi:
Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa ko‘rsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar, 2-toifa ko‘rsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar va 3-toifa ko‘rsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega ko‘chalarda o‘rnatiladi.
Ko‘rsatkichda ko‘chaning nomi qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.