O‘zbekistonda 1 iyuldan boshlab kichik va o‘rta biznes sub’ektlari uchun yangi majburiyatlar yuklashga moratoriy e’lon qilinadi. Shuningdek, «Birinchi imkoniyat» tamoyili joriy etiladi va tadbirkorlar faoliyatining birinchi yilidagi ilk qoidabuzarligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
Prezident farmoni:
➖2028 yil 1 yanvarga qadar kichik va o‘rta biznes sub’ektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy e’lon qilinadi;
➖tadbirkorlik sub’ektlariga yangi tartibga solish vositalarini belgilashni yoki amaldagilarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan “yagona sanadan yangi qoidalar” tamoyili qo‘llanadi va ushbu normalarning kuchga kirish sanasi 1 yanvar yoki 1 iyul etib belgilanadi;
➖2028 yil 1 yanvarga qadar “Birinchi imkoniyat” tamoyili joriy etiladi va uning doirasida birinchi faoliyat yili davomida savdo va tadbirkorlik sohalariga oid ma’muriy huquqbuzarlikni ilk bor sodir etgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.