Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda islomiy bank va moliya xizmatlari rasman joriy etilmoqda

O‘zbekistonda islomiy bank va moliya xizmatlari rasman joriy etilmoqda

O‘zbekiston moliya bozorida yangi bosqich boshlanmoqda — mamlakatda islomiy moliyalashtirish tizimi rasman joriy etilmoqda. Bu orqali foizsiz, shariat qoidalariga mos moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Yangi tizim doirasida banklar va moliya tashkilotlari mijozlarga islomiy moliya tamoyillariga asoslangan mahsulotlarni taklif qiladi. Ular qatoriga murabaxa (tovarni ustama bilan sotish), ijara (lizing), mushoraka va mudoraba kabi hamkorlik shakllari kiradi.

Mutaxassislarga ko‘ra, islomiy moliya xizmatlarining joriy etilishi investisiya muhitini yaxshilash, yangi sarmoyalarni jalb qilish va aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, mazkur tizim foiz (ribo)dan voz kechgan holda, adolatli va shaffof moliyaviy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan.

Kutilishicha, yaqin yillarda O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlari ko‘lami bosqichma-bosqich kengayib boradi.

Kiritildi: 21:57 25.03.2026. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!